RELYEF OMILLАR - yerning tabiiy ustki tuzilishidir. Relyefni taʼriflash uchun birinchi navbatda yerning dengiz sathidan qanchalik baland-past ekanligiga eʼtibor beriladi. Dengiz sathi (0 metr) sifatida Boltiq dengizining sathi olingan. Relyef tog‘lar, ularni balandligi, qiyaligi, tog‘ tizmalarini yo‘nalishi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Relyef o‘simliklar o‘sishiga bevosita taʼsir etmasada, iqlim va tuproq kabi ekologik omillarga sezilarli taʼsir ko‘rsatadi. Ushbu iqlim omillari o‘z navbatida o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi va tarqalishiga taʼsir ko‘rsatadi. Dengiz sathidan tog‘lar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilgan sari har 100 metrda havo temperaturasi 0,6-1,0 oC ga pasayib boradi, namligi bo‘lsa ortadi. Bunday o‘zgarishlar o‘ziga xos tog‘ o‘simliklarini paydo bo‘lishiga olib kelgan, yuqori tog‘ zonalarida sharoit og‘irligidan daraxt-butalar tundra zonasidagi kabi yer bag‘irlab o‘suvchi turlar va shakllarni vujudga keltirgan. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article