REZAVOR MEVALI OLMA

REZAVOR MEVALI OLMA (Malus baccata Boerkh.) bo‘yi 8-10 m ga, diametri 25-30 sm ga yetadigan daraxt bo‘lib shox-shabbasi keng, yumaloq shaklda. Bu olma may oylarida gullaydi. Mevasi novvoti sariq, yumaloq bo‘lib, sentabr-oktabr oylarida pishadi. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Bu olma sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lganidan duragaylash va seleksiya ishlarida keng foydalaniladi. Bog‘larda ko‘paytiriladi. U Xitoy florasiga taalluqlidir. Botanika bog‘ida o‘stirilib sinovdan o‘tkazilgan. Hududlarni ko‘kalamzorlashtirish uchun tavsiya qilinadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Prev Article

RELYEF OMILLАR

Next Article

ROMАNTIK BOG'