REGULYAR USLUBDАGI KOMPOZITSIYA

REGULYAR USLUBDАGI KOMPOZITSIYA - barcha ko‘kalamzorlashtirish elementlari, obyektlari muntazam yoki to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘ladi. Gulzorlar aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, rombsimon, uchburchak shakllarda bo‘ladi. Yo‘laklar to‘g‘ri chiziq yoki yarim aylanasimon shaklda bo‘ladi. Daraxt, buta va gullarning ekilish sxemalari qatʼiy belgilab olinadi. Ekilish sxemasiga muvofiq ravishda bir xil turdagi va bir xil o‘lchamdagi manzarali daraxt, buta va gul o‘simliklari tanlanadi. Аrxitektura bilan uyg‘unlik, muntazam bog‘ klassik ko‘rinishga ega bo‘lgan chiroyli binolar bilan yaxshi birlashtiriladi. Manba: Manzarali bog‘dorchilik. 2021.