QORATIKAN

QORATIKAN (Paliurus spina Christ. Mill.) buta o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 2-3 m ga yetadi. Shoxlari qing‘ir-qiyshiq o‘sadi. May-iyun oylarida gullaydi. Mevasi quruq bo‘lib, yumaloq, yaltiroq, to‘q jigarrang ichida uchta urug‘ rivojlanadi. Qoratikan ildizidan bachkilaydi hamda parxish yo‘li bilan ham ko‘payadi. Krimda, Kavkazda, Markaziy Osiyoda va O‘rta yer dengizi mamlakatlarida, Kichik Osiyoda hamda Eronda tarqalgan. Toshli, shag‘alli quruq tog‘ qiyaliklarida o‘sadi. Bu buta qalin chakalakzorlar hosil qiladi. U qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamli va issiqsevar o‘simlik. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

QORATERAK

Next Article

QORА ARCHА BITI