QORATERAK

QORATERAK (Populus nigra L.) bo‘yi 30 m, diametri 1,5 m, shox-shabbasi keng, piramida va tuxumsimon shaklda, yirik daraxt bo‘lib, tanasi bitta yoki shoxlangan bo‘ladi. Yog‘ochi oq, o‘zagi qo‘ng‘ir rangda, yumshoq, yengil bo‘lib, qiyshaymaydi, yorilmaydi, keyinchalik qorayadi. Shuning uchun ham u qoraterak deb ataladi. Qoraterak urug‘dan, hamda qalamchadan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi. Kuchsiz sho‘rtob tuproqli yerlarda o‘sa oladi. Qoraterak MDH ning Yevropa qismida, Qrim va Kavkazgacha bo‘lgan yerlarda, G‘arbiy va Sharqiy Sibirning janubiy qismida o‘sadi. Bu terak asosan daryo bo‘ylarida o‘sadi. MDH ning Yevropa qismida va Markaziy Osiyo respublikalarida ko‘p ekiladi.

Prev Article

QORAQAYIN

Next Article

QORATIKAN