QORА АRCHА BITI (Cinera juniperi De Geer.) paratogenetik yo‘l bilan ko‘payadi, tuxumlari qishlab chiqib, erta bahorda lichinkalari ob-havoning qulayligiga qarab, daraxtlarga tarqaladi. Ularning rivojlanish davri aprel oyining boshidan to sentabr oyigacha rivojlanadi. Zararlangan archazorlarning shoxlari sarg‘ayib, ignabarglarining to‘kilishi kuzatiladi. Bitlar bir muncha harakatchan bo‘lib, nisbiy havo namligi past bo‘lgan mintaqalarda ham yashayveradi. Mavsumda iqlim sharoitga qarab, 3-4 marta avlod beradi. Oktabr oyiga kelib bitlar urg‘ochi va erkak jinslarga bo‘linadi. Ularning urg‘ochilari qishlash davriga kelib tuxum qo‘yishni boshlaydi va o‘zlari nobud bo‘lib, ketadi. Аsosan 2-4 yillik daraxtlarda ko‘p uchraydi. Zararkunanda oziqlangan archalarning mayda shoxchalari yorilib ketadi va quriydi. Manba: O‘rmon entomolgiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article