MADANIY ZARANG (Acer platanoides L.), bo‘yi 30 m ga yetadigan katta daraxt. Bu zarang barg yozishdan oldin aprel oyida gullaydi. Mevasi sentyabr oyida yetiladi va uzoq vaqt daraxtda saqlanadi. Bu daraxt to‘nkasidan ko‘karadi, parxish yo‘li bilan ko‘payadi va 150-200 yil yashaydi. U yer tanlaydi, shuning uchun sho‘r tuproqda o‘sa olmaydi. Nam tuproqni xohlaydi, qurg‘oqchilikka chidamsiz. Zarangning yog‘ochi qimmatbaho hisoblanadi. O‘rmon meliorastiyasi ishlarida ham muhim o‘rinni egallaydi. Ihota o‘rmon qatorlariga ekish tavsiya qilinadi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
MADANIY ZARANG