MADANIY OLMA (Malus domestica Borkh) shox-shabbasi yoyiq, tanasi yo‘g‘on katta daraxtdir. Mevasi yirik, bandi kalta bo‘lib, ta’mi yaxshi, xushbo‘y bo‘ladi va iste’mol qilinadi. Undan murabbo va konditer mahsulotlari tayyorlanadi. Ular tarkibida A, V, C vitaminlar ko‘p bo‘ladi. I.V.Michurin shu olma ustida ko‘p ish olib borgan va 40 dan ortiq yangi navlar chiqargan. Hozirgi vaqtda olmaning yangi navlarini ko‘paytirishda payvandlash, qalamchalaridan ko‘paytirish kabi vegetativ usullar qo‘llaniladi. Agar olma urug‘idan ko‘paytirilsa, uning nav xususiyatilari yo‘qolib ketishi mumkin. Manba: Manzarali Dendrologiya. 2022.
MADANIY OLMA