MAGNOLIYADOSHLAR (Magnoliaceae) oilasiga, bargi yirik, navbatlashib joylashgan, cheti tekis daraxt va butalar kiradi. Ularning ayrim turlari kuzda bargini to‘kadi, boshqalari to‘kmay, doim yashilligicha qoladi. Ularning guli yirik, to‘g‘ri tuzilgan, ikki jinsli bo‘lib, qubbasimon soxta quruq meva hosil qiladi.
MAGNOLIYADOSHLAR