MIRTADOSHLAR (Myrtaceae) - ikki urug‘pallalilardan ayritojlilarga mansub o‘simliklar oilasi. Barglari yonbargchasiz, tekis qirg‘oqli va po‘stdor, qarama-qarshi; gullari to‘g‘ri, ikki jinsli. Mevasi yumshoq yoki danakli meva. Po‘sti va barglarida efir moyli bezchalar bor.
MIRTADOSHLAR