MIRZATERAK (Populus pyramidalis Roz.) yirik daraxt bo‘lib, bo‘yi 40 m, diametri 1 m, shoxlari yumaloq, yashil-kulrang, bargi romb shaklida bo‘lib, uchburchakka o‘xshaydi. Bu terak MDH ning Yevropa qismida, Kavkazda, Qrimda, Markaziy Osiyo respublikalarida yog‘och olish maqsadida ko‘p ekiladi. Afg‘onistonda, Himolayda, O‘rta yer dengizi atrofi mamlakatlarida, Kichik Osiyoda, Eronda uchraydi. Bu terak urug‘dan va qalamchadan yaxshi ko‘payadi. Tez o‘sadi. Sho‘rtob tuproqli yerlarda ham o‘sadi, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. Yog‘ochidan qurilishda keng foydalaniladi. Juda chiroyli daraxt. Aholi yashaydigan joylarni ko‘kalamzorlashtirishda juda katta ahamiyatga ega.
MIRZATERAK