MEZOFIT O'SIMLIKLAR

MЕZOFIT O‘SIMLIKLAR - guruhiga mansub o‘simliklar o‘rtacha namli tuproqlarda o‘sishga moslashgan. Ular namga bo‘lgan talabiga ko‘ra gigrofitlar va kserofitlar oralig‘ida turadi. Daraxt va butalarning ko‘p qismi aynan mezofitlar guruhiga mansubdir. Mezofit o‘simliklar nam yerlarda yaxshi o‘sa olmaydi, chunki bunday sharoitlarda tuproq aeratsiyasining yomonligidan, qurg‘oqchil sharoitlarda bo‘lsa, nam yetishmovchiligidan zararlanadi. Mezofit o‘simliklar transpiratsiyani yaxshi va tartibli o‘tkazish xususiyatlariga ega, ularning ayrim turlari barglarida tuklar mavjud bo‘lib, u suv bug‘lanishini kamaytiradi. Mezofitlarga qizil eman, oddiy arg‘uvon, grab, oddiy shumtol, yashil shumtol, manjuriya yong‘og‘i, amur barxat daraxti, qayin, qoraqayin va boshqa daraxtlar kiradi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

MEZOFIT

Next Article

MIRTADOSHLAR