JIYDA BARGLI NOK

JIYDA BARGLI NOK (Pyrus elaeagrifolia Pall.) bo‘yi 10 m, shoxlari tikanli bo‘lib, barglari keng lansetsimon, yuz va orqa tomoni qalin tuk bilan qoplangan. Gullari mayda, mevasining diametri 3 sm. Yetilish oldidan sariq-yashil rangga kiradi. Iste’mol qilinadi. Bu nok urug‘idan ko‘payadi, qurg‘oqchilikka, qattiq sovuqqa va yerning sho‘rtob bo‘lishiga, hamda kasalliklarga va zararkunandalarga chidamli. Bu tur asosan Qrimda o‘sadi. Tog‘li hududlarda dengiz sathidan 1100 m gacha balandliklarda uchraydi. Seleksiya va duragaylash ishlarida katta ahamiyatga ega.

Prev Article

JENSHEN

Next Article

JIYDA MO'YLOVDORI