JENSHEN (Panax ginseng) - araliyadoshlarga mansub ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Bo‘yi 30-50 sm, barglari panjasimon qirqma, gullari mayda, ko‘kish, soyabonsimon tojgulga yig‘ilgan. Mevasi yumshoq. Etli ildizi silindrsimon, xushbo‘y, tami achchiqroq. Ildizining yuqori qismi qalinroq, quyi qismi shoxlarga bo‘lingan bo‘lib, odam gavdasini eslatadi.
JENSHEN