JIYDA MO‘YLOVDORI (Xylotrechus grumi Sm.) - O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan bo‘lib, jiyda o‘simliklariga katta zarar keltiradi. Monofag bo‘lib, asosan zaiflashgan, keksa daraxtlar va chopib tashlangan butalarda o‘rnashib oladi. Jiyda mo‘ylovdori tomonidan egallangan daraxtlar qobiqning pastki va tepa qismida ko‘plab quruq shoxlarda bo‘ladi. Bir yilda bir avlod berib rivojlanadi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article