BARG DOG'LANISHI

BARG DOG‘LANISHI - o‘simliklarda zamburug‘, virus, bakteriyalar ta’sirida paydo bo‘ladigan kasallikdir. Bu kasallik bilan o‘simlik bargi, tanasi, hosili zararlanadi. Zararlangan o‘simlik bargiga sariq, qizil, qora, qo‘ng‘ir dog‘ tushadi va o‘sha joydagi to‘qimalar qurib qoladi. Quyosh nurining ta’siri va turli dorilarning normadan ortiq sepilishi natijasida ham barg dog‘lanishi mumkin. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

Prev Article

BARG BUJMAYISHI

Next Article

BARG NЕKROZI