BARG BUJMAYISHI o‘rmon o‘simliklarida virus, zamburug‘ va bakteriyalar ta’sirida paydo bo‘ladigan kasallikdir. Zararlangan o‘simlik yaxshi rivojlanmaydi, barg yuzasi och yashil tusga kirib, bujmayadi, sathi mayda dog‘lar bilan qoplanadi, mo‘rt bo‘lib qoladi. Barg bujmayishi mevali daraxtlar va boshqa dala o‘simliklarida uchraydi. Kasallikka yo‘liqqan o‘simlik poyasining yuqori qismidagi bo‘g‘im oralig‘i qisqarib, hosili 50% gacha kamayadi. Kasallik, asosan, hasharotlar orqali tarqaladi. Barg bujmayishiga qarshi ekinzorga fungitsidlar, 1% li bordo suyuqligi eritmasi purkaladi. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.
BARG BUJMAYISHI