BARG o‘simliklarni quruqlikda yashay boshlaganida sharoitga moslashish natijasida hosil bo‘lgan organidir. U novdaning boshlang‘ich bo‘rtmalarida rivojlanadi. Barg – barg plastinkasi, barg bandi, barg navi va yonbargchalardan iborat. Ammo bu qismlarning hammasi bargda doim bo‘lmasligi mumkin. Lekin barg plastinkasi doimiy qismlardan biridir. Barg uzoq o‘smaydi. Ko‘p yil yashovchi barglar ham o‘sishdan tez to‘xtaydi. Yaproqbargli daraxt turlarida u bir vegetatsiya davrida yashasa, ignabargli doim yashil daraxtlarda 2 yildan 10 yilgacha yashaydi. Qarag‘ayning bargi 2-3 yildan so‘ng, qora qarag‘ayning bargi 7-10 yildan so‘ng to‘kilib ketadi va o‘rnidan yangisi o‘sib chiqadi va shunday qilib daraxt doimo ignabarg bilan qoplangan holda o‘sib rivojlanadi. Fotosintez va nafas olish jarayonida o‘simlik barglarida gazlar almashinuvi amalga oshadi. Barglarda suv bug‘lanishi jarayoni doimiy bo‘lib turadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
BARG