BARG NЕKROZI

BARG NЕKROZI (yun. necrosis - o‘lik) barg hujayrasi yoki to‘qimasining qurib qolishi.  Bargni sovuq yoki oftob urishi, biror sabab bilan jarohatlanishi, shuningdek bakteriya va zamburug‘larning zararlashi natijasida barg yaprog‘ida sariq, qizg‘ish, qo‘ng‘ir va qora dog‘lar paydo bo‘ladi. Masalan, bakteriyalar ta’sirida danakli meva daraxt barglarida qizg‘ish, dog‘lar hosil bo‘ladi. Barg nekrozi kanop, tut daraxti va boshqa o‘simliklarda ham uchraydi. Kurash choralari: 0,5, 1,0 va 2,0% li bordo suyuqligi purkash, xazon va o‘simlik qoldiqlarini yig‘ib kuydirish. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

Prev Article

BARG DOG'LANISHI

Next Article

BARG O'ROVCHILAR