ANOR DARAXTI

ANOR DARAXTI (Punica granatum L.) – anordoshlar (Punicaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 1,5–5 m keladigan buta yoki daraxt. Markaziy Osiyo va Kavkaz tog‘larining toshli qiyaliklarida o‘sadi. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qrimda o‘stiriladi. Tibbiyotda poyasi, shoxi va ildizining po‘stlog‘i hamda meva po‘sti ishlatiladi. Po‘stlog‘i tarkibida alkaloidlar, oshlovchi moddalar, mevasi po‘stida ko‘p miqdorda oshlovchi modda va b. birikmalar bor. Anor po‘stlog‘ining preparatlari (qaynatma va peltering alkaloidi tuzlari) organizmdan tasmasimon gijjalarni haydash uchun, mevasi po‘stlog‘ining qaynatmasi ichketar va yaralarni davolashda qo‘llaniladi. Mevasi po‘stidan tanin, shirasidan limon kislota olinadi. Anorning nordon navlari mevasi tarkibida (shirasida) ko‘p miqdorda limon kislota bor. Manba: Qishloq xo‘jaligiga oid atamalarning izohli lug‘ati. 2023.

Prev Article

ANNA KIRPIO'TI

Next Article

ANORDOSHLAR