ANNA KIRPIO'TI

ANNA KIRPIO‘TI (Acantholimon annae Lincz.) Hisor tog‘idagi kamyob endemik tur. Yarimshar shaklidagi tig‘iz, yostiqsimon. diametri 10-12 sm ga yetadigan yarim buta. Iyul-avgust oylarida gullab, sentyabr- oktyabrda mevasi yetiladi. Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi, To‘palang daryosi havzasida tarqalgan. Tog‘ning o‘rta qismidagi toshli, qoya toshli, tog‘ yonbag‘irlarda o‘sadi. Kam sonli populyatsiyasi tabiatda juda oz uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Tabiatda o‘simlikning holati va soni maxsus o‘rganilmagan. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

ANJIR SHAFTOLI

Next Article

ANOR DARAXTI