ANORDOSHLAR

ANORDOSHLAR (Punicaceae) — yopiq urug‘lilar bo‘limiga mansub o‘simliklar oilasi. Anordoshlar buta yoki kichikroq daraxt bo‘lib, gullari ikki jinsli, to‘g‘ri (aktinomorf), kosachasi qo‘ng‘iroqsimon, tojbarglari 5—9 ta, changchilari ko‘p, barglari mayda, uzun, yonbargchasiz. Shox va novdalari tikanli. Anordoshlarning faqat bir turkumi — anor bor. O‘zbekistonda bitta yovvoyi tur (Punica granatum L.) o‘sadi. Ekiladigan anor navlari ham ana shu turdan kelib chiqqan. Manba: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000.

Prev Article

ANOR DARAXTI

Next Article

ANTIFIDANTLAR