YOVVOYI NASHA

YOVVOYI NASHA (Cannabis ruderalis Janisch.) - tutdoshlarga mansub bir yillik begona o‘t. Poyasi tik o‘sadi, sershox, bo‘yi 60 - 150 sm. Iyun – sentabr oylarida gullab mevalaydi. Urug‘idan ko‘payadi. Bir tupi 2000 tagacha urug‘ beradi. Urug‘lari mayda, 2-3° temperaturada unib chiqadi. Nihollari aprelda ko‘karadi. Yevropa, Osiyo, shu jumladan, O‘rta Osiyoda tapqalgan. Sug‘oriladigan ekinlar orasida o‘sadi. Shuningdek, yo‘l yoqalari, dala uvatlari, bog‘lar, tashlandiq yerlarda uchraydi. O‘rilgandan keyin tez o‘sadi. Ko‘pgina zararkunandalarga makon. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

Prev Article

YOVVOYI ANOR

Next Article

YOVVOYI TABIAT