YOVVOYI ANOR

YOVVOYI ANOR (Punica granatum L.) O‘zbekistonda tabiiy holda juda kam saqlanib qolgan, areali bo‘lingan relikt tur. Bo‘yi 2 m ga yetadigan buta. Mevasi yumaloq, yirik. May-avgustda gullab, sentabr-oktabr oylarida meva beradi. Surxondaryo viloyati, Hisor tog‘ining janubi-g‘arbiy qismida To‘palang, Sangardak daryolari havzalarida tarqalgan. Tojikiston, Turkmaniston, Kavkazorti, Turkiya, Shimoliy Eron, Afg‘onistonda ham uchraydi. Tog‘ning o‘rta qismida dengiz sathidan 1000-1600 m balandlikdagi salqin va nam daralarda o‘sadi. Ko‘pincha yakka holda, ba’zan boshqa daraxt va butalar bilan birgalikda o‘sadi. Ayrim joylarda sof anorzorlarni tashkil etadi. Tuplarining umumiy soni aniqlanmagan. Urug‘idan va ildiz bachkisidan ko‘payadi.  Anorzorlarning buzib yuborilishi va mevalari pala-partish yig‘ib olinishi tufayli kamayib bormoqda.  Anor odamlar tomonidan 4000 yildan buyon yetishtirib kelinadi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

YOVSHAN

Next Article

YOVVOYI NASHA