TOL BARGLI NOK

TOL BARGLI NOK (Pyrus salicifolia Pall.) kichik daraxt yoki katta buta bo‘lib, tanasi sertikan, barglari kalta bandli, plastinkasi tor lansetsimon, tol bargiga o‘xshaydi. Yuz tomoni yashil, yaltiroq, orqa tomoni xira kulrang, mevasi mayda. Bu nok yorug‘sevar bo‘lib unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Sho‘rtob tuproqli yerlarda ham o‘sa oladi. Qurg‘oqchilikka chidamli, ildizidan bachkilaydi. Kavkazning tog‘li hududlarda o‘sadi. O‘rmonmelioratsiya ishlarida  ahamiyatga ega. Manba: Dendrologiya. 2012.