TOL BARG KЕMIRARI — qo‘ng‘iz va lichinkasi tol va terak barglari bilan oziqlanadi. O‘zbekiston va Tojikistonda tarqalgan. Qo‘ng‘izlar po‘stloq yoriqlarida qishlaydi. Bahorda (martdan boshlab) jonlanadi, may yarmigacha tuxum qo‘yadi. Tuxumlik davri bir haftacha davom etadi. Lichinkasi rivojlanib bo‘lgach, orqa uchidagi «so‘rg‘ichi» bilan birga yopishadi va g‘umbakka aylanadi. G‘umbaklik davri 4—5 kun. Bir yilda ikki qayta bo‘g‘in berib urchiydi. Ichki insektitsidlar bilan qarshi kurashiladi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article