TO‘MTOQ BARGLI XANDON PISTA (Pistacia mutica L.) Kavkazda va Qrimda dengiz sathidan 2100-2500 m balandlikdagi tog‘ qiyaliklarida pistaning ikkinchi turi uchraydi. U daraxt shakldagi, murakkab toq patsimon bargi, mevasining mayda bo‘lishi bilan xandon pistadan farq qiladi. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Uning moyidan sovun ishlab chiqarishda va yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Yog‘ochi qattiq va og‘ir bo‘ladi. O‘rmon melioratsiya ishlarida tog‘ qiyaliklarini yomg‘ir suvi yuvib ketishdan saqlash uchun ekish tavsiya qilinadi. Boshqa xususiyatlari xandon pistanikiga o‘xshaydi. Ular aprel oyida gullaydi, mevasi oktabr oyida yetiladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda 80 ming gektarga yaqin pistazorlar barpo etilgan. Pistani seleksiya ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Tabiiy pistazorlar Bobotog‘ tog‘larida tarqalgan. Xandon pistaning yirik mevali shakllarini o‘rganishda professorlar S.M.Ablayev, G.M.Chernovalarning xizmatlari katta. G.M.Chernova tomonidan xandon pistaning 9 ta navi yaratilgan va ommalashtirilgan. Manba: Dendrologiya. 2015.
TO'MTOQ BARGLI XANDON PISTA