TO'POLON ASTRAGALI

TO‘POLON ASTRAGALI (Astragalus tupalangi Gontsch.) Pomir-Oloyda o‘sadigan kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 35 sm atrofida, poyasiz, yer osti poyasi yo‘g‘on, qisqa shoxli ko‘p yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi iyun oyida yetiladi. Surxondaryo viloyati, Hisor tizmasi, To‘palang daryosi havzasida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Tog‘ning pastki va o‘rta qismidagi toshloq va yuzaga chiqib qolgan xarsang toshlarning yoriqlarida o‘sadi. Yakka-yakka holda uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Next Article

TO'QAY