SO‘G‘DIYONA SHUMTOLI (Fraxinus sogdiana Bunge.) balandligi 20 metrga, diametri 60-70 sm gacha o‘suvchi manzarali daraxt bo‘lib, gullari mayda, martning ikkinchi yarmida gullaydi. Tabiiy sharoitlarda asosan urug‘idan ko‘payadi, lekin nihollar yozgi oylarda nam yetishmasligi oqibatida nobud bo‘ladilar. Ushbu shumtolning areali Markaziy Osiyoda Tyan-Shan, Pomir-Oloy va Kopettog‘ bilan cheklangan. Ushbu tur tog‘li hududlarda o‘stirish uchun tavsiya etiladi. Keyingi vaqtlarda introduksiyalashtirish natijasida shumtolning 20 dan ortiq turi O‘zbekiston sharoitlarida o‘stirilmoqda. Manba: Dendrologiya. 2012.
SO'G'DIYONA SHUMTOLI