SKUMPIYA (Cotinus coggygria Scop.) - Yevropada, Qrimda, Kavkazda va Kichik Osiyoning janubiy hamda janubiy-sharqiy hududlarida yovvoyi holda o‘sadi. Ukrainada daryo qirg‘oqlarida granit va ohakli hamda kulrang tuproqli yerlarida yovvoyi holda uchraydi. Soyada o‘sa oladi. Sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamli, yer tanlamaydi, lekin ohakli tuproqda yaxshi o‘sadi. Skumpiyaning bargida 15-25 % gacha tannid-oshlovchi modda bor. Yog‘ochi sariq, o‘zak tevaragi oq-sariq bo‘lib, undan turli mayda asbob-uskunalar yasaladi, yog‘ochidan va po‘stlog‘idan sariq bo‘yoq olinadi. Skumpiya manzarali o‘simlik sifatida ekiladi. O‘rmon melioratsiyasi ishlarida skumpiya katta o‘rin tutadi. Joylarni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish tavsiya qilinadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
SKUMPIYA