SUKACHYOV TILOG‘OCHI (Larix Sukaczewii Djil.) katta daraxt, bo‘yi 35-50 m, diametri 1-1,2 m keladi. Novdasi tiniq sarg‘ish bo‘lib, unda yo‘l-yo‘l chiziqlar bor, tuksiz, yaltiroq. Sukachyov tilog‘ochi 8-15 yoshida changlanadi va hosilga kiradi. Urug‘i kuzda yetiladi, lekin to‘kilmay, kelgusi yilning fevral-aprel oylarigacha qubbalarida saqlanadi. Sukachyov tilog‘ochi urug‘dan yaxshi ko‘payadi, qalamchadan ko‘paymaydi. U qumoq, suv ushlamaydigan drenajli, toshli nam tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Rossiyaning shimoli-sharqida, Uralda va Sibirning g‘arbiy qismida keng tarqalgan. Undan ko‘chalar, parklarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. O‘zbekistonda quyosh nuridan, havo issiqligi va quruqligidan zararlanadi. Tog‘li mo‘tadil iqlimli hududlarda ekish mumkin. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
SUKACHYOV TILOG'OCHI