SPRIGIN KARRAGI (Cousinia spryginii Kult) Janubiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur. Ikki yillik o‘simlik. May-iyunda gullab, mevasi avgustda yetiladi. Hisor tizmasining janubi - g‘arbiy tarmoqlarida, Ko‘hitang tizmasida va Kelif-Sherobod tepaliklarida tarqalgan (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari). Turkmanistonda ham uchraydi. Kulrang soz tuproqlarda o‘sadi. Oqtosh qishlog‘i atrofida 70 tupdan iborat 2 ta populyatsiyasi aniqlangan. Urug‘idan ko‘payadi. Tabiiy yerlarning buzilishi va mollarning ko‘plab boqilishi tufayli kamayib ketgan. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Muhofaza qilinmaydi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
SPRIGIN KARRAGI