QARAG‘AY BITI (Pineus pini Hermes) to‘p-to‘p bo‘lib, yashaydi. Аsosan tog‘ oldi hududlaridagi archalarda ko‘proq uchraydi. Bitlar tuxumlik holida pastki shoxlaridagi ignabarglar orasida qishlab chiqadi. Qishlovdan chiqishda uning tuxumlaridan lichinkalar chiqib, daraxt tanasi bo‘ylab tarqaladi. So‘ngra may oyining oxirida esa lichinkalardan qanotli imagolar vujudga keladi. Tog‘ oldi hududlaridagi qarag‘ay daraxtlarida uchraganda ularning pastki tomoniga shiralar oqishi kuzatiladi. Qarag‘ay biti mavsum davomida rivojlanishi natijasida qarag‘ay barglari to‘kila boshlaydi. Natijada pastki shoxlarining qurishi va o‘sishining susayishi kuzatiladi. Qarag‘ay biti boshqa turdagi daraxtlarning barglariga, yaʼni yaproqbargli daraxtlarga ham zarar yetkazadi. Аyniqsa, qarag‘ay barglari to‘kilib ketadi va uning mayda shoxchalari qurib qoladi. Manba: O‘rmon entomolgiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article