QARAG'AY

QARAG‘AY (Pinus L.) turkumiga bir uyli, doim yashil daraxtlar kiradi. Ignasimon barglari qisqargan, novdalarida 2-3 tadan to‘da-to‘da bo‘lib joylashadi. Barglarining bunday joylashishi sistematik belgilaridan biri hisoblanadi. Urug‘i qanotchali, tarkibida protein va yog‘ moddalari bor. Shuning uchun uni turli qushlar va hayvonlar isteʼmol qiladi. Turkumda 100 ga yaqin tur bo‘lib, shulardan 13 tasi tabiiy holda MDH florasida uchraydi. O‘zbekistonga 10 dan ortiq turi introduktsiya qilingan. Ular asosan ko‘kalamzorlashtirishda va o‘rmon melioratsiyasida foydalaniladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

PINE

Русский

СОСНА

Deutsch

KIEFERN

Prev Article

QARAG'AN

Next Article

QARAG'AY BITI