QORA QANDAG'OCH

QORA QANDAG‘OCH (Alnus glutinosa Gaertn.) bo‘yi 30 m ga yetadigan daraxt, tanasining po‘stlog‘i to‘q-qo‘ng‘ir rangda, katta yoshida po‘stlog‘i yoriladi. Qora qandag‘och aprel oyining boshlarida barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, mevasi kuzda oyida yetiladi. Urug‘ tayyorlash uchun uning qubbalarini ochilib ketmasdan oktabr-noyabr oylaridan mart oyigacha yig‘ib olish zarur. U to‘nkasidan ko‘karadi va ildizidan bachkilaydi, 130 yilgacha yashaydi. MDH ning shimoliy hududlarida, G‘arbiy Sibirda, janubiy dasht zonasida daryo qirg‘oqlarida o‘sadi. Krim va Kavkazda uchraydi, Kichik Osiyoda va Shimoliy Аfrikada ham o‘sadi. Qora qandag‘och nam va serunum tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. U daryo sohillarida o‘rmonzorlar hosil qiladi. Suv toshqiniga chidamli, soyasevar daraxt. Uni ko‘kalamzorlashtirish uchun ekish tavsiya etiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Next Article

QORA TUT