QORA MEVALI IRG'AY

QORA MEVALI IRG‘AY (Cotoneaster melanocarpa Lodd.) ning bo‘yi 2 m, shox-shabbasi yoyiq. Shoxlari yaltiroq, tukli qo‘ng‘ir-qizil rangda. Mevasi sharsimon, eni 6-9 mm, yetilganda qora rangga kiradi, unda 2-3 tadan danak bo‘ladi. Bu irg‘ay Yevropa va Markaziy Osiyoda tarqalgan. Tog‘li yerlardagi toshli tuproqlarda o‘sadi. Sovuqqa, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli, aprel oyida gullaydi. Uni respublikaning janubiy hududlarida, ayniqsa, toshli tog‘ qiyaliklarini ko‘kalamzorlashtirishda ekish tavsiya etiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

QORA MARJONDARAXT

Next Article

QORA QANDAG'OCH