PRATOV KOVRAGI (Ferula pratovii F.O.Khass.et I.I. Malzev) G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur. Ko‘p yillik polikarp o‘simlik. Bo‘yi 30-60 sm. Iyunda gullab, mevasi iyulda yetiladi. Qashqadaryo viloyati, Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlarida tarqalgan (Vuari qishlog‘i atrofida). Dengiz sathidan 2400 m balandlikdagi gipsli yonbag‘irlarda o‘sadi. 60 tup o‘simlikdan iborat 2 ta populyatsiyasi aniqlangan. Urug‘i orqali ko‘payadi. Tabiiy o‘sib turgan joylarining buzilishi va ko‘plab mol boqilishi tufayli kamayib ketgan. Muhofaza qilinmaydi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
PRATOV KOVRAGI