PO'STLOQXO'RLAR

PO‘STLOQXO‘RLAR (Ipidae) - biologiyasi va tuzilishi jihatidan o‘ziga xos belgilarga ega. Tanasi silindrsimon, yirik, bosh cho‘zig‘i kalta, keng yoki aniq ajralgan emas, old yelkasi yirik, ko‘pincha tanasining uchdan biridan ortiqroq. Lichinkalari oyoqsiz, taqasimon qayrilgan, odatda, daraxt po‘stloqlari ostida, ba’zan, yog‘och qismida yoki po‘stloq orasida rivojlanadi. Qo‘ng‘izlar tuxum qo‘yish uchun po‘stloqda chuqurcha yasaydi, ba’zi bir turlarining erkak hamda urg‘ochi zotlari poyani kemirib, uchrashish kamerasini tayyorlaydi, shu yerda urg‘ochisi urug‘lanadi. Keyinchalik urg‘ochi qo‘ng‘iz onalik yo‘llar kemiradi va chetlariga tuxumlar qo‘yadi. Po‘stloqxo‘rlarning turli daraxtlarga zarar keltiruvchi turlari ko‘p. Manba: Entomologiya. 1977.