PISTA (Pistacia) O‘rta Yer dengizi mamlakatlarida, Xitoyda va Meksikada tarqalgan. MDH florasida 2 turi uchraydi. Pista kichik daraxt bo‘lib, barglari uch bo‘lak, toq patsimon, bargchalari navbat bilan joylashadi. Gullari bir jinsli, ikki uyli, mevasi danakcha, po‘sti yupqa, danagining qobig‘i juda qattiq.
PISTA