PISKOM ASTRAGALI

PISKOM ASTRAGALI (Astragalus pskemensis Popov) G‘arbiy Tyan-Shanga xos kamyob endemik tur. Yer osti poyasi juda qisqa bo‘lgan yarim buta. Iyul oyida gullab, mevasi avgust-sentabrda yetiladi. Toshkent viloyati, Piskom daryosi havzasi - Teparsoy va Ispaysoylarning yuqori qismida uchraydi. Shag‘alli va toshli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Juda kam uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Maxsus choralar ishlab chiqilmagan. O‘sish joylari Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

PETUNNIKOV BODOMI

Next Article

PISTA