PISTA PO'STLOQXO'RI

PISTA PO‘STLOQXO‘RI - pistaning jiddiy kushandasi bo‘lib, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida keng tarqalgan. Qo‘ng‘izlar tashqi ko‘rinish jihatdan sog‘lom bo‘lgan daraxtga hujum qilib, kurtak asosini kemirib, negizga qarab 2-5 sm yo‘l hosil qiladilar. Pista po‘stloqxo‘ri lichinka davrida qishlaydi. Qishlagan qo‘ng‘izlarning uchishi aprelning oxirida boshlanib, iyunning oxirigacha davom etadi. Ayni shu davrda qishlagan lichinkalar g‘umbakka aylanadilar. Yosh qo‘ng‘izlar diametri 1,5 mm bo‘lgan yozgi tuynukni kemiradilar va uchib ketadilar. Qishlab chiqqan va yosh qo‘ng‘izlar iyunning boshlarida ommaviy paydo bo‘ladi. Urg‘ochi qo‘ng‘izlar tuxum qo‘yish uchun zaiflashgan daraxtlarni afzal ko‘radilar. Turkmaniston va Tojikistonda pista po‘stloqxo‘ri bir avlodda rivojlanadi. Po‘stloqxo‘r sonini kamaytirishda uning tabiiy dushmanlari parazitlar hisoblanadi.  Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.

Prev Article

PISTA

Next Article

PISTA QURTI