PISTA QURTI

PISTA QURTI - shu vaqtgacha pista qurti O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Eronning Xuroson viloyati va Afg‘onistonning Hirot viloyatida borligi qayd qilingan. Pista qurti asosan pista daraxtlarining po‘stloq yoriqlarida va po‘stlari ostida pillaga o‘ralgan g‘umbaklik stadiyasida qishlaydi. Kapalaklar ko‘klamda aprel oxiri may oyida uchadi, ular vodiylar pastligida yashashni xush ko‘radi, ammo tog‘ yon bag‘irlarida, hatto tog‘ tizmalari sirtlarida ham uchraydi. Mevalarning tugunchasiga bittadan tuxum qo‘yadi. Tuxumi 6-8 kunda yetiladi. Tuxumdan chiqqan qurtlar tugunchalar ichiga kirib, ularning ichidagi moddalarii yeydi, so‘ngra boshqa tugunchalarga o‘tadi. Xullas, har bir qurt 5-8 ta tugunchaga zarar yetkazadi. Zararlangan tugunchalar qurib, to‘kilib ketadi. Kech kuzda, qishda yoki erta ko‘klamda daraxtlarning tanasini qurigan po‘stlardan tozalab, chiqqan chiqindini kuydirish kerak. Bu choralar ko‘klamda tugunchalarning zararlanishini 70-90% va pishgan pistannng zararlanishini 50-80% kamaytiradi. Pista hosilini mumkin qadar ertaroq terib olish zarur. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.

Next Article

PISTADOSHLAR