OQ AKATSIYA (Robinia pseudoacacta L.) – burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga mansub sug‘oriladigan yerlarda o‘sadigan, manzarali daraxt. Uning vatani Shimoliy Amerikaning Appalachi tog‘lari bo‘lib, cheklangan arealga egadir. Oq akatsiya Rossiyaga 1882 yilda keltirilib, asta-sekin dasht zonasida tarqala boshladi. Oq akatsiya issiqqa, yorug‘likka talabchan bo‘lib, hayotining dastlabki davrlarida tez o‘sadi, 10-12 yoshidan boshlab o‘sish tezligi pasayib ketadi va hosilga kiradi. Yaxshi aeratsiyaga ega yengil tuproqlarni yaxshi ko‘radi, tuproq zichlashuvidan zarar ko‘radi. Oq akatsiya Markaziy Osiyoga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshib ketgan. Oq akatsiya qulay sharoitlarda 5-7 yoshidan boshlab hosilga kiradi. Dukkaklari bahorgacha to‘kilmasdan daraxtda saqlanib qoladi. Urug‘larining unish qobiliyati yaxshi. Oq akatsiya qurg‘oqchilikka chidamli daraxt sifatida o‘rmon melioratsiyasida keng qo‘llaniladi, ayniqsa ihota o‘rmonlari barpo etish uchun tavsiya etilgan eng muhim daraxt turlarida biri hisoblanadi. Manba: Manzarali dendrologiya 2022.
OQ AKATSIYA