OLXO‘RI QURTI - ba’zan olxo‘ri hosilining 10 foiziga va undan ham ko‘prog‘iga, qisman o‘rik va gilosga zarar yetkazadi. Olxo‘ri qurti Markaziy Osiyo, Qozog‘iston, Kavkaz, Kichik Osiyo, Qrim, Yevropa va Uzoq Sharqdagi meva daraxtlariga zarar yetkazadi. Olxo‘ri va olma qurtlarining hayot kechirishi ko‘p jihatdan bir-birinikiga o‘xshaydi, ammo olxo‘ri qurti danakli mevalarga zarar yetkazadi. Olxo‘ri qurti daraxt po‘stloqlari ostida, tuproq kesakchalari tagida va daraxtlar ostidagi o‘simlik qoldiqlari ichida qishlaydi. Olxo‘ri qurti ikki marta bo‘g‘in beradi. Birinchi bo‘g‘inniig kapalagi aprel-may oylarida mevalarga tuxum qo‘yadi. 4-5 kundan keyin chiqadigan lichinkalari mevaning ichiga kiradi. Ko‘pincha bunday meva irib, to‘kilib ketadi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article