ODDIY O‘RIK (Armeniaca vulgaris Lam). Markaziy Osiyo tog‘larida kichik o‘rikzorlar ko‘rinishida ko‘plab o‘sadi. Balandligi 8-12 metrgacha bo‘lgan daraxt, diametri 30-40 sm ga yetadi. 150 yilgacha yashaydi. O‘rik mart-aprelda barglar chiqarmasdan gullaydi. Mevasi oziq-ovqat sanoatida muhim xom-ashyo sifatida foydalaniladi. Meva tarkibida C va V vitaminlar, karotin 5-20% qand moddasi mavjud. Danak mag‘zida 45-58% moy moddasi bor. O‘rik tog‘larda o‘rmon melioratsiyasida eroziyaga uchragan tog‘ yonbag‘irlarini mustahkamlashda keng qo‘llaniladi. O‘rikning ko‘pgina yirik mevali xalq seleksiyasi navlari Respublikamizda keng tarqalgan. Mevalari yangiligida hamda quritilgan hollarda iste’mol qilinadi. Manba: Dendrologiya. 2012.
ODDIY O'RIK