ODDIY O‘RMON YONG‘OG‘I (Corylus avellana L.) buta yoki kichik daraxt bo‘lib, bo‘yi 5 m ga yetadi. Fevral oyida barg yozishdan oldin gullaydi. Mevasi iyul o‘rtalarida yetiladi, 2-5 tadan bo‘lib zich joylashgan bo‘ladi. Ildizi baquvvat, o‘q va yon ildizlari yaxshi rivojlanib, yerga chuqur kiradi. O‘rmon yong‘og‘i 80 yilgacha yashaydi. O‘zbekistonda tog‘li hududlarda yaxshi o‘sib hosil beradi. U soyaga chidamli bo‘lib, baland daraxtlar tagida ham o‘saveradi. Unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Yong‘og‘i yangiligida qovurib iste’mol qilinadi. U juda mazali, servitamin bo‘ladi. O‘rmonshunoslik ishlarida ahamiyatga ega. Uni ihota o‘rmon qatorlari barpo etish, tog‘ qiyaliklarini yuvilib ketishdan saqlash maqsadida ekish tavsiya qilinadi. Manba: Dendrologiya. 2015.
ODDIY O'RMON YONG'OG'I