ODDIY NOK (Pyrus communis L.) katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 12-16 m, tanasining po‘stlog‘i qalin, qo‘ng‘ir rangda, bo‘yiga chuqur yorilgan, po‘st tashlab turadi. Bu nok mart-aprel oyida gullaydi va shu bilan bir vaqtda barg yozadi. Mevasi avgust-sentabr oylarida yetiladi, uzunligi 3-4 sm, eni 1,5 sm, yashil bo‘lib, yetilish oldidan sarg‘ayadi. Bu nok urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Keng bargli yoki aralash o‘rmonlarda, katta daraxtlar tagida o‘sadi. Ba’zan toza nokzorlar hosil qiladi. Tog‘li rayonlarda dengiz sathidan 2000 m gacha balandlikda o‘sadi. Bu nok soyaga chidamli, lekin ochiq yerlarda o‘stirilsa, yaxshi hosil beradi. Sovuqqa ham chidamli, lekin sharqiy rayonlarda sovuqdan zararlanadi. Quruq va sho‘rtob yerlarda ham o‘saveradi. To‘nkasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. Manba: Manzarali dendrologiya 2022.
ODDIY NOK