MAYDONTOL OKSITROPISI (Oxytropus maidantalensis B.Fedtsch.) G‘arbiy Tyan-Shanda o‘suvchi kamyob endemik o‘simlik. Ko‘p yillik kalta, o‘q ildizli, deyarli poyasiz, siyrak chim hosil qiluvchi, oq paxmoq tukli o‘simlik. Iyul oylarida gullab, avgustda meva beradi. Toshkent viloyati, Maydontol daryosining havzasida, O‘zbekistondan tashqarida esa Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tarqalgan. Toshli-shag‘alli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Tabiatda sanoqli darajada uchraydi. O‘zbekistandagi umumiy soni 3000 dan ortmaydi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari aniqlanmagan. Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududidagi o‘sish joylari muhofazaga olingan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article