METASЕKVOYYA

MЕTASЕKVOYYA (Metaseguoia) katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 50 metrga, diametri 2 metrga yetadi. Metasekvoyyaning novdalari uzun va kalta bo‘lib, yon kalta novdalari yashil rangda, qishda barglari bilan birga to‘kilib ketadi. Metasekvoyya urug‘idan ko‘payadi. U o‘q ildiz va yon ildizlar chiqaradi. Uni qishki qalamchasidan ham ko‘paytirish mumkin. Metasekvoyyaning qoldiqlari Yaponiya va Xitoyda uchlamchi davr qatlamlaridan topilgan. Bizgacha yetib kelgan daraxtlari xitoylik botanik olimlar tomonidan XX asrda topilgan. U tabiatda soyaroq, nam yerlarda, tog‘ qiyaliklarida, daryo qirg‘oqlarida, qumoq, kislotali tuproqlarda o‘sadi. Metasekvoyya Xitoyda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishada ko‘p ekiladi. Toshkent shahrida sovuqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligi aniqlangan. Toshkent shahrida yaxshi o‘smoqda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida foydalanishga tavsiya etilgan. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Next Article

MEVA