MO'RT TOG'JUMRUT

MO‘RT TOG‘JUMRUT (Rhamnus frangula L.) buta yoki kichik daraxt bo‘lib, po‘stlog‘i silliq, qora. Bu buta aprel-may oylarida gullaydi. Avgust-sentyabr oylarida ba’zan ikkinchi marta gullaydi. Urug‘idan yaxshi ko‘payadi. Qalamchadan ham ko‘paytiriladi, ildizidan bachkilaydi. U MDHning Yevropa qismida, G‘arbiy va Sharqiy Sibirda hamda Markaziy Osiyoda yaproqli va ignabargli o‘rmonzorlarda o‘sadi. Kichik Osiyo va Eronda ham uchraydi. Bu buta deyarli soyaga chidamli, sovuqqa ham bardosh beradi, har xil nam yerlarda o‘sa oladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

MO'JIZA DARAXT

Next Article

MO'YLOVDORLAR